David Gantsko "Atletiko"ga o'tmoqda.

Klub Slovakiya terma jamoasi himoyachisining transferi bo'yicha "Feyenoord" bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi. Gantsko tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzolaganidan so'ng rasman "Atletiko" futbolchisiga aylanadi.

"Atletiko" Gantsko uchun bonuslar bilan hisoblaganda 34 mln evro atrofida to'lashi xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda 27 yoshli himoyachi Niderlandiya chempionatida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.