"Atletiko" Jakomo Raspadori transferiga qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi "Napoli" hujumchisi haqida so'rov o'tkazdi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Neapolliklar futbolchini 30 million evro va 5 million bonus sifatida baholamoqda. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, 25 million evro va besh million evro bonuslar borasida kelishuvga erishish mumkin.

O'tgan mavsumda Raspadori A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.