«Atletiko» muxlislari uchun noxush xabar!

Aleks Baena "Atletiko" mashg'ulotlarida jarohat oldi.
Vinger mushaklaridagi noqulaylik tufayli chorshanba kuni mashg'ulotlarni yakunlay olmadi. Shu sababli Ispaniya terma jamoasi a'zosi tekshiruvdan o'tkazildi.
Madridliklar tibbiy xizmati xulosasida uning mushaklarida engil jarohat borligi aytilgan.
Endi Aleks sport zalida fizioterapiya va reabilitatsiyadan o'tadi. Uning maydonga qaytishi jarohat holatiga bog'liq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" iyul oyi boshida Baenani "Vilyarreal"dan 45+5 mln evroga sotib olgan edi.