"Atletiko" Mourinoni "Alaves"dan 4 mln evroga sotib oldi va "Vilyarreal"ga 10 mln evroga qayta sotadi.

"Atletiko" Santyago Mourinoni sotib yuborganidan bir yil o'tib qaytarib oldi.
"Alaves"ning ma'lum qilishicha, madridliklar 23 yoshli himoyachini qayta sotib olish imkoniyatini ishga tushirgan.
AS xabariga ko'ra, poytaxt klubi 4 mln evro to'lagan va tez orada urugvaylik futbolchini "Vilyarreal"ga 10 mln evroga qayta sotadi.