Turinning "Yuventus" klubi vingeri Niko Gonsales faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Atletiko" 27 yoshli argentinalik futbolchi transferi bo'yicha "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi. Turinliklar futbolchisini sotishga tayyor.

Transfermarkt portali Gonsalesni 24 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2029 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.