"Atletiko Madrid" Argentina terma jamoasi a'zosi transferini yakunlashga yaqin turibdi

Tyago Almada "Atletiko"ga o'tishga yaqin turibdi.
Madrid klubi va "Botafogo" o'rtasida 24 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar qizg'in pallada, deya xabar bermoqda ESPN. Futbolchining o'zi allaqachon transferga rozilik bergan.
Kelishuv summasi 15-20 mln evroni tashkil etishi kutilmoqda. Tomonlar kichik tafsilotlarni hal qilishlari kerak edi.
Avvalroq, futbolchiga "Zenit" va "Benfika" klublari da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.