"Atletiko" La Liga qoidalari tufayli bir necha futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

Madridning "Atletiko" klubi La Liga qoidalarini buzmaslik uchun bir qator futbolchilar bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" Tyago Almada bilan shartnoma imzolaganidan keyin Evropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarosi bo'lmagan futbolchilar sonini oshirib yuborgan. Ispaniya chempionati qoidalariga ko'ra, qaydnomada ko'pi bilan uch nafar shunday futbolchi bo'lishi mumkin.
"Atletiko" allaqachon Nauel Molina, Samuel Lino va Konor Gallaxerni sotuvga qo'ygan.