"Atletiko" ispaniyalik yarim himoyachisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Saul Niges yozda jamoadan ketishi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi Diego Simeone rejalariga kiritilmagan.
"Matraschilar" futbolchi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani bekor qilmoqchi. Unga "Trabzonspor"dan qiziqish bor.