Samuel Lino "Atletiko"dan "Flamengo"ga o'tadi.

ESPN nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli vingerning transferi bo'yicha klublar o'rtasidagi muzokaralar yuqori bosqichda. Kelishuv 25 million evro bo'lishi kutilmoqda. Tomonlar hali yakuniy tafsilotlarni hal qilishlari kerak.

Qayd etilishicha, Linoga Premer-liga klublari va "Napoli" ham qiziqish bildirgan, biroq "Flamengo" bosh murabbiyi Filipe Luis futbolchini Braziliya jamoasiga o'tishga ko'ndirgan.

O'tgan mavsumda Samuel La Ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.