"Atletiko" de Paul o'rniga hech kimni sotib olmaydi

Madridning "Atletiko" klubi "Inter Mayami"ga o'tib ketgan Rodrigo de Paul o'rniga yangi futbolchi xarid qilmaydi.
Marca xabariga ko'ra, klub bu pozitsiyada Konor Gallaxerga to'liq ishonadi va u jamoada argentinalikning o'rnini bosishi kutilmoqda.
Avvalroq, "matraschilar" "Barselona" vakili Mark Kasadoga qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi, ammo futbolchi jamoasidan ketmaslikka qaror qildi.