"Atletiko" darvozaboni La Liganing boshqa klubiga o'tdi

Ispaniya Primerasiga chiqqan "Real Ovedo" Madridning "Atletiko" klubidan darvozabon Xoratsiu Moldovanni ijaraga oldi. 27 yoshli ruminiyalikning ijara muddati bir yilga mo'ljallangan.
Moldovalik futbolchi 2024 yilning qishida "Atletiko" futbolchisiga aylangandi. O'shandan beri u bir marta ijaraga ketgan - o'tgan mavsumda "Sassuolo"ga. Yozda ruminiyalik "matraschilar" qarorgohiga qaytdi. Hozirda Transfermarkt portali futbolchini 2,2 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real Ovedo" ko'p yillardan buyon ilk bor ispan futboli elitasi mavsumiga tayyorgarlik ko'rmoqda.