Madridning "Atletiko" klubi "Chelsi" markaziy himoyachisi Renatu Veygaga qiziqish bildirmoqda.

"Aristokratlar" 21 yoshli portugaliyalikni yaxshi taklif bo'lsa, sotishga tayyor. Klub 30-35 million evrolik takliflarni qabul qiladi.

Veyganing londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 25 million evroga baholamoqda.