"Atletiko" "Chelsi" himoyachisi uchun ikkinchi taklifni yubordi

Madridning "Atletiko" klubi "Chelsi" markaziy himoyachisi Renatu Veygani sotib olishga harakat qilmoqda.
"Matraschilar" 21 yoshli portugaliyalik uchun "aristokratlar"ga yuborgan 30 million evrolik taklifi rad etilgandi.
Relevo xabariga ko'ra, Madrid klubi Veyga uchun 35 million evrolik ikkinchi taklifni tayyorlamoqda.
Londonliklar esa 40-45 million xohlamoqda.