Madridning "Atletiko" klubi tez orada yangi himoyachi bilan shartnoma imzolaydi. U "Almeriya" futbolchisi Mark Pubil bo'ladi. Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati klub saytida rasman ma'lum qildi.

Yaqin kunlarda Pubil tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Atletiko" bilan mehnat shartnomasini imzolaydi.

AS xabariga ko'ra, madridliklar ispaniyalik himoyachi uchun "Almeriya"ga 12 mln evro to'laydi. Yana 7 mln evro bonus sifatida ko'zda tutilgan.