"Atletiko" 72 million evroga sotib olgan Lemarni "Jirona"ga ijaraga berib yuboradigan bo'ldi

Toma Lemar "Atletiko"dan "Jirona"ga o'tadi.
Klublar futbolchini ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ivan Kiros. Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar futbolchi maoshining 50 foizini to'lab beradi.
Lemar "Atletiko"ga 2018 yilda o'tgan - madridliklar futbolchi uchun "Monako"ga taxminan 72 million evro to'lagan. Frantsiyalik futbolchi La Liganing o'tgan mavsumida 5 ta o'yinda maydonga tushdi.