"Atletiko"ning chap qanot vingeri Toma Lemar yozda Madrid klubini tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli frantsuz "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening rejalariga kiritilmagan.

"Atletiko" Lemarni 2018 yilning yozida "Monako"dan 70 million evroga sotib olgandi. Avvalgi mavsumda u jarohatlar tufayli atigi 8 ta o'yinda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli uzatma amalga oshirmagan.