Bilbaoning "Atletik" klubi himoyachisi Yeray Alvares ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'zida doping aniqlangani haqida fikr bildirdi. Evropa Ligasidan o'rin olgan "MYu"ga qarshi o'yindan so'ng olingan namuna musbat chiqqan.

"Bunday xabarni olish - o'ta og'ir zarba," - deydi futbolchi.

Futbolchi sodir bo'lgan voqeani alopetsiya (soch to'kilishi) dan davolanish natijasi bilan izohladi. Alvares saraton kasalligini enggandan so'ng, turli xil dori-darmonlarni qabul qilishga majbur bo'ldi. Sinchiklab tekshirilganda, ulardan birida taqiqlangan modda borligi ma'lum bo'ldi. Ayni vaqtda Alvares vaqtincha o'yinlardan chetlatilgan.

O'tgan mavsumda markaziy himoyachi sifatida o'ynayotgan Alvares barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan, 2 ta gol urgan.