"Atletik Bilbao" futbolchisi Qatar klubiga o'tdi

"Atletik" Alvaro Jaloni Qatarning "Al-Garafa" klubiga bir yilga ijaraga berdi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli vingerning ijara narxi 3 million evroni tashkil qiladi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda majburiy bo'lmagan sotib olish bandi mavjud.
O'tgan yili "Atletik" Jaloni Portugaliyaning "Braga" klubidan 15 mln evroga sotib olgandi. O'tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.