"Atalanta" yangi hujumchi transferini e'lon qildi

Nikola Krstovich "Atalanta"ga o'tdi.
O'tgan mavsumda "Lechche"ning eng yaxshi to'purariga aylangan hujumchi yangi jamoasida 90-raqamni oldi.
Avvalroq bergamoliklar 25 yoshli chernogoriyalik futbolchi uchun 25 mln evro to'lashi ma'lum bo'lgandi.
Krstovich o'tgan Italiya chempionatida 37 ta o'yinda 11 ta gol urgan.