"Atalanta" yarim himoyachisi Ederson klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. So'nggi oylarda xavbekka Evropaning bir qator grandlari qiziqish bildirayotgani, shuningdek, uning Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkinligi aytilgandi. "Atalanta" 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti: jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, bergamoliklar o'z etakchisini saqlab qolish va u bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Edersonga da'vogarlar orasida yaqinda "Manchester Yunayted" va "Al-Hilol" nomlari tilga olingan edi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 50 mln evroni tashkil etadi.