"Atalanta" Lukman uchun 50 mln evro talab qilmoqda - "Inter" kamroq taklif qilmoqda

"Inter" va "Atalanta" hujumchi Ademola Lukman bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bergamoliklar 27 yoshli futbolchining transferi uchun 50 mln evro talab qilishda davom etmoqda, milanliklar esa bunday summani to'lashdan bosh tortmoqda, deb yozadi insayder Fabritsio Romano. Hujumchining o'zi Kristian Kivu jamoasiga o'tmoqchi, bu haqda u chorshanba kuni "Atalanta" rahbariyatiga yana bir bor ma'lum qildi.
Bergamo klubi Lukman uchun kurashga xorij chempionati vakili qo'shilishiga umid qilmoqda.