"Atalanta" London klubi bilan kelisha olmadi

Londonning "Fulxem" klubining hujumchisi Rodrigo Munis bo'yicha talablari "Atalanta"ga to'g'ri kelmadi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli braziliyalik forvard uchun bergamoliklardan 40 million evro so'radi.
"Avliyolar" 1 yildan so'ng erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan futbolchi uchun bunday mablag' sarflamoqchi emas va endi boshqa nomzodlarga e'tibor qaratadi.
Munisning narxi hozirda Transfermarkt portalida 20 million evroga baholangan.