"Yuventus" futbolchisi Filip Kostich tez orada jamoani tark etishi mumkin.

TuttoAtalanta xabariga ko'ra, 32 yoshli serbiyalik futbolchiga A Seriyaning bir necha jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Da'vogarlar orasida “Atalanta” jamoasi ham bor. Bergamoliklar Kostich borasida muzokaralarga kirishgan.

2024/25 yilgi mavsumda Filip Kostich Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida ijara asosida o'ynagan. Futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 5 million evroga baholangan.