"Inter" Ademola Lukman bo'yicha "Atalanta"ga yangi taklif yubordi.

Milanliklar 27 yoshli xavbek uchun 40+5 mln evro taklif qilishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

"Atalanta" hamon narxni oshirishni talab qilmoqda. Hozircha klublar o'zaro kelishuvga erishmagan.

O'tgan mavsumda Lukman A Seriyaning 31 o'yinida 15 ta gol urib, to'purarlar poygasida 3-o'rinni egalladi.