"Fulxem" hujumchisi Rodrigo Munis Karvalo faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning o'z saytida ma'lum qilishicha, "Atalanta" 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun ikkinchi taklifni - 35 million evro, shuningdek, bonuslar ko'rinishida 5 million evro taklif qilgan. Ammo ingliz klubi avvaliga futbolchiga o'rinbosar topmoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Rodrigo Munis 2024/25 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.