Italiyaning "Atalanta" jamoasi muxlislari uchun noxush xabar e'lon qildi. Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, himoyachi Mitchell Bakker jiddiy jarohat olgan, shu sababli u uzoq vaqt maydonga tusha olmaydi.

Futbolchida o'ng tizzaning oldingi xochsimon bog'lami yorilganligi aniqlandi. Jarohat jamoaning mashg'ulotlaridan birida sodir bo'ldi. 28 iyul kuni futbolchi operatsiya qilinishi ma'lum bo'ldi. Taxminlarga ko'ra, qayta tiklash uchun kamida yarim yil kerak bo'ladi.

Bakker o'tgan mavsumni Frantsiyaning "Lill" klubida o'tkazdi va u erda ijara asosida o'ynadi. Uning hisobida 24 ta o'yin, uchta gol va ikkita golli uzatma bor.