"Atalanta" futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi

Nufuzli insayder Fabritsio Romano eksklyuziv ravishda Isak Xen klub bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lganini, bu shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangani haqida xabar berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Yozda ba'zi klublar uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lganiga qaramay, klub va futbolchining atrofidagilar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Isak Xen o'tgan yil boshida “Atalanta”ga “Verona”dan 10 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi.