"Atalanta" Frantsiya chempionatidan hujumchi topdi

"Strasburg" hujumchisi Diego Moreyra faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin.
Insayderlarning yozishicha, italiyaliklar 20 yoshli belgiyalik futbolchining transferi uchun 20 million evro taklif qilishgan. Ammo frantsuz klubi vakillari futbolchini 30 million evrodan kamiga qo'yib yuborish niyatida emas.
O'tgan mavsumda Moreyra Liga 1da 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.