"Al Qodisiya" "Atalanta" futbolchisi Mateo Retegi bo'yicha taklifini oshirishi kerak.

Avvalroq Saudiya Arabistoni klubi italiyaliklarga 40 million evrolik dastlabki taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, saudiyaliklar o'z takliflarini 50 million evrodan oshirgan. Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, bu 53 million evro edi. Bundan tashqari, forvardning maosh taklifi to'rt yillik shartnoma doirasida mavsum uchun 20 million evroga ko'tarildi (kelishuvning butun muddati uchun 80 million).

Biroq shartnoma tuzish uchun "Al Qodisiya" "Atalanta" talab qilayotgan 60 million evro taklif qilishi kerak. Bonuslar kafolatlangan miqdorga qo'shilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, hujumchi Saudiya Arabistoniga o'tishga rozi va transferni o'zi so'ragan.

O'tgan mavsumda Mateo Retegi 36 o'yinda 25 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.