"Atalanta" Nikolya Krstovichni "Lechche"dan sotib oladi.

Transfer summasi 25 million evro va bonuslar bo'ladi, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.

Shuningdek, "Lechche" chernogoriyalik hujumchining kelajakdagi qayta sotuvidan 10 foizga ega bo'ladi.

Krstovich o'tgan mavsumda A Seriyada 37 ta o'yinda 11 ta gol urib, "Lechche"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.