Evan Gessan "Aston Villa"ga o'tdi. Ingliz klubi 24 yoshli hujumchining transferini tasdiqladi.

Avvalroq, transfer summasi bonuslar bilan birga 35 million evroni tashkil etishi, futbolchining shartnomasi esa 5 yilga mo'ljallangani xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda Evan Gessan Liga 1'da 33ta o'yinda 12ta gol urib, "Nitstsa"ning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. Shuningdek, uning hisobida 8 ta assist mavjud.