"Aston Villa" tez orada Liga 1'dan futbolchi xarid qiladi

Evann Gessan "Aston Villa"ga o'tishga yaqin turibdi.
L’Equipe xabariga ko'ra, "Nitstsa"ning eng yaxshi to'purari bonuslar bilan birga 35 million evroga sotib olinadi va Premer-liga klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar transfer shartlari bo'yicha kelishib olishgan.
Kot-d`Ivuar terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi chorshanba kuni Angliyaga uchib, tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Gessan o'tgan mavsumda Liga 1ning 33 o'yinida 12 ta gol urdi - bu "Nitstsa"dagi hammadan ko'p.