"Aston Villa" "MYu"ning taklifiga javob qaytardi

Matbuotda "Manchester Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins bo'yicha muzokaralarni qayta boshlagani haqida xabar tarqatdi.
Biroq, The Telegraph o'z sahifalarida yozganidek, 29 yoshli Uotkins "qizil iblislar"ga o'tmaydi. Manbaga ko'ra, "Aston Villa" allaqachon "Manchester Yunayted"ni Uotkinsni hech qanday narxda sotmasligi haqida xabardor qilgan.
Birmingem jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri Ollini sport loyihasining asosiy figurasi deb hisoblaydi. O'tgan mavsumda "Aston Villa" Angliya Premer-ligasida oltinchi o'rinni egallab, Evropa ligasiga yo'llanma oldi.