"Aston Villa" himoyachisi tekinga La Liga klubiga o'tadi

Chap qanot himoyachisi Aleks Moreno erkin agent sifatida "Jirona"ga o'tmoqda.
La Liga klubi 32 yoshli ispaniyalik bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi kuni kecha "Napoli"ga ko'chib o'tgan Migel Guterresga o'rinbosar bo'ladi.
Morenoning so'nggi klubi "Aston Villa" bo'lgan, o'tgan mavsumda u "Nottingem Forest"da ijara asosida o'ynagan. Avvalroq, himoyachi Primerada "Betis" va "Rayo Valekano" klublarida o'ynagan.