"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

TBR Football xabariga ko'ra, 21 yoshli argentinalik futbolchiga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri uning transferini shaxsan o'zi amalga oshishini istamoqda.

"Yunayted" 2028 yilgacha shartnomasi bor bo'lgan Garnachoni 55-60 million evroga qo'yib yubormoqchi.