"Tuluza" klubi markaziy himoyachisi Jeyde Kanvo faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabris Xokins xabariga ko'ra, "Aston Villa" allaqachon 19 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "Tuluza"ga birinchi taklifni bergan, biroq frantsuz jamoasi rad javobini bergan. Ta'kidlanishicha, Birmingem jamoasi yangi taklifga tayyorlanmoqda, "Tuluza"ning o'zi esa Kanvoning sotuvidan 20 million evro ishlab olmoqchi.

"Tuluza"ning asosiy jamoasi safida Kanvo 21 ta o'yin o'tkazib, samarali harakat qilmadi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari himoyachining narxini to'rt million evroga baholamoqda.