Angliyaning "Aston Villa" klubi hozircha kelajagi mavhum bo'lib turgan darvozabon Emiliano Martinesga o'rinbosar qidirmoqda.

Birmingem klubi rahbariyati Frantsiyaning "Lill" klubi darvozaboni Lyuka Shevale bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi hali klubini o'zgartirish istagida emas.

Agar Martines "Aston Villa"ni tark etsa, jamoa 23 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun real qadamlar tashlaydi. Qayd etish kerakki, 40 million evroga sotilishi mumkin bo'lgan Shevaleni "PSJ" ham diqqat bilan kuzatmoqda.