Evan Gessan "Aston Villa"ga o'tishga yaqin turibdi.

L’Equipe nashri xabariga ko'ra, "Nitstsa"ning eng yaxshi to'purari bonuslar bilan birga 35 mln evroga sotib olinadi va APL klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar transfer shartlarini kelishib oldilar.

Kot-d'Ivuar terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi chorshanba kuni Angliyaga uchib kelishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Gessan o'tgan mavsumda Liga 1da 33ta o'yinda 12ta gol urdi - bu "Nitstsa"dagi eng yaxshi ko'rsatkich.