"Aston Villa" "Al-Ittihod" yarim himoyachisiga ko'z tikdi

"Aston Villa" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Al-Ittihod"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi insayder Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Saudiyaliklar 28 yoshli belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni yozda amalga oshiradigan ustuvor transferi deb hisoblamoqda. "Aston Villa" o'yinchiga mos taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.
Tilemansning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 38 million evroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Tilemans barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.