“Rubin”ning sobiq futbolchisi Rustam Ashurmatov kimlarni Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi hujumchilari deb bilishini aytdi. U jamoadoshi Mirlind Daku, shuningdek, “Krasnodar” hujumchisi Jon Kordobani alohida ta'kidladi.

— Sizningcha, Rossiya chempionatining eng kuchli hujumchisi kim?

— Men Dakuni va Kordobani aytishim mumkin. Mirlind hozirgina “Rubin”ga o'tgan futbolchiga nisbatan bugun butunlay boshqacha o'yinchiga aylangan", — dedi Ashurmatov.

O'tgan mavsumda "Rubin" Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida ettinchi o'rinni egalladi. “Krasnodar” esa mamlakat chempioniga aylandi.