Ashurmatov: "Husanov "Manchester Siti"ga o'tganidan keyin o'zgarmadi"

Rustam Ashurmatov qishda “Manchester Siti” futbolchisiga aylangan Abduqodir Xusanov haqida fikr bildirdi.
"O'zbekistonlik futbolchining APLga, ayniqsa "Manchester Siti"ga o'tgani juda yoqimli bo'ldi. Ushbu transferdan keyin Abduqodir o'zgarmadi. U juda kamtarin va uyatchan yigit", - deya Ashurmatov so'zlarini keltirmoqda Chempionat.com nashri.
“Shaharliklar” tarkibida 21 yoshli Husanov o'nta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.