Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta italiyalik futbolchining Angliyadagi birinchi mavsumi turlicha bo'lganiga qaramay, himoyachi Rikardo Kalaforining muvaffaqiyatiga ishonmoqda.

Futbolchi doimiy jarohatlar tufayli aziyat chekdi, shu sababli butun mavsum davomida atigi 29 marta maydonga tushdi.

"Menimcha, Kalaforini ajoyib mavsum kutmoqda, u motivatsiyaga to'la. Bizning asosiy vazifalarimizdan biri - o'yinchilar tayyor bo'lishi uchun hamma narsani qilish. Rikardo terma jamoa safida ikkita jiddiy jarohat oldi, bunaqasi bo'lib turadi. U ajoyib fazilatlarga ega va bizga sog'lom kerak. Albatta, o'tgan mavsumda u etarlicha o'ynamadi. Umid qilamanki, endi vaziyatni yaxshiroq tushunish va ko'proq omad tufayli hamma narsa o'zgaradi," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.

Eslatib o'tamiz, Rikardo Kalafori o'tgan yilning iyul oyida "Bolonya"dan 45 mln evro evaziga "Arsenal"ga o'tgan edi.