Arteta yangi hujumchi bilan uning transferidan oldingi ilk suhbati haqida gapirib berdi

Londonning "Arsenal" klubi safiga shvetsiyalik markaziy hujumchi Viktor Dyokeresh kelib qo'shildi.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchi jamoaga o'tishidan oldin u bilan birinchi marta telefon orqali suhbatlashganini esladi:
"Dyokeresh bilan birinchi telefon suhbatim. Men shunchaki uning reaktsiyasini ko'rmoqchi edim. U dedi: "Arsenal" - bu mening orzum!", dedi Arteta
Viktor o'tgan mavsumda Lissabonning "Sporting" klubi safida 52ta o'yinda maydonga tushib, 54ta gol urgan va 13ta golga hammualliflik qilgan.