Mikel Arteta "Arsenal"ning aksariyat murabbiylariga qaraganda "Manchester Yunayted"ga qarshi uning maydonida muvaffaqiyatliroq o'ynaydi.

"Kanonirlar" kecha APLning dastlabki turida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi.

Premer-liga tarixi davomida londonliklar "Old Trafford"da mankunianliklarni chempionat doirasida olti marta - 1998, 2002, 2006, 2020, 2024 va 2025 yillarda engishga erishgan.

"Arsenal" Arteta davrida (2019 yildan beri) va Arsen Venger rahbarligida (1996 yildan 2018 yilgacha murabbiylik qilgan) "MYu" maydonida uchtadan g'alaba qozongan.