Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchilar Viktor Dyokeresh va Kay Xaverts haqida fikr bildirdi.

Shvetsiyalik hujumchi iyul oyi oxirida "kanonirlar" safiga qo'shildi. Transfer ingliz grandiga 66 mln evroga tushgan.

"Dyokeresh va Xaverts birga o'ynashlari mumkin. Bunday o'yinchilarning mavjudligi jamoa darajasini, bizning hujumdagi kuchimizni oshiradi, shuningdek, bizga o'yin davomida o'zgarishlar uchun qo'shimcha imkoniyatlar beradi, bu esa raqiblarga ko'p muammo tug'dirishi mumkin. Bu yoqimli bosh og'rig'i," - dedi Arteta intervyusida.