Arteta "Arsenal" tarkibiga baho berdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liganing yangi mavsumi starti oldidan jamoa saviyasi haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni "kanonirlar" Emireyts kubogi finalida Bilbaoning "Atletik" klubi ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0.
"Hozirda tarkibimizda barcha pozitsiyalarda yaxshi o'yinchilar etarlicha. Ko'pchilik o'zining universalligi tufayli turli vazifalarni bajarishga qodir. Bugungi o'yindagi o'yinimiz, hamjihatligimiz, moslashuvchanligimiz, raqib darvozasi oldida yuzaga kelgan xavfdan juda mamnunman. Natija ham juda yaxshi," - dedi Arteta intervyuda.