Arteta: "Arsenal" - Evropaning top-klublaridan biri"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining saviyasi yuqori ekaniga ishonch bildirib, uning Evropa futboli elitasi qatoridan joy olganini ta'kidladi.
«Ayni paytda "Arsenal" Evropaning top jamoalaridan biri, ammo biz bu maqomni barqaror natijalar bilan mustahkamlashimiz kerak. Biz klubni butunlay o'zgartirdik, uni hozirgidek qildik», - deya Artetaning so'zlarini keltiradi ESPN.
Angliya Premer-ligasining 1-turida "Arsenal" safarda "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 17 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.