"Arsenal" Kristian Nergor bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq "Brentford" 31 yoshli yarim himoyachini "kanonirlar"ga 11 million evroga sotishi haqida xabar berilgandi.

Kristian "Arsenal"da 16-raqamda harakat qiladi. Futbolchi darhol yangi jamoadoshlari bilan mavsumoldi mashg'ulotlariga qo'shiladi.