Fabiu Vieyra "Arsenal"dan "Shtutgart"ga o'tishi mumkin.

Klublar portugaliyalik yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi The Athletic. Londonliklar 2022 yilda "Portu"dan 35+5 mln evroga sotib olingan futbolchi uchun "katta" pul so'rashi mumkin.

Vieyra o'tgan mavsumni "Portu"da ijara asosida o'tkazdi. U Portugaliya chempionatida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.