"Arsenal" vingeri jamoadan ketishga yaqin turibdi

"Arsenal" vingeri Ris Nelson keyingi mavsumni yana "Fulxem"da o'tkazishi kutilmoqda.
Klublarning 25 yoshli ingliz bo'yicha muzokaralari rivojlangan bosqichda, gap ijara ("kanonirlar" majburiy sotib olish variantini qo'shishni afzal ko'rishadi) yoki sotish - doimiy transfer haqida ketmoqda.
O'tgan mavsumni Nelson "Fulxem"da ijarada o'tkazdi va APLda 11 o'yinda 1+1 ko'rsatkich qayd etdi.